Description
Teatrning tugʻilishi yoki kelib chiqishi yer sharining barcha qit’alarida asosan bir xil ya’ni ibtidoiy davrlarda marosimiy xatto xayvonlarga taqlid qilish, qushlarga taqlid qilish hamda tabiat hodisalarini tasavvur qilish, juda katta vaqt davomida rivojlanish (yani sivilizatsya) asosida taqlidchilikdan oʻtib asta-sekin ifoda qilish mavzusi hamda mahorati ham oshib, xarakatlarga bogʻliq holda kechgan, lekin har bir makonda teatrning taraqqiyot yоʻllari turlicha bоʻlib оʻtgan.
Xususan, jahon teatr san’atida teatr sistemasini ishlab san’at olamiga taqdim etgan buyuk ijodkorlar K.S.Stanislavskiyday shaxslar paydo boʻldi. Bu sistemani takomillashtirishga xissa qoʻshgan koʻplab san’at arboblari hissa qoʻshdi. Bular N.D.Vaxtangov, R.Simanov, T.Meyrxold, D.Popov, G.A.Tovstanogov, L.P.Bruk, R.Rollan, B.Brext va hokazolar. San’at rivoji uchun ijod qildilar.
“Oʻzbek milliy teatr san’atini shakillanishiga XIX asr oxiri XX asr boshida ijod qilgan ma’rifatparvarlar Behbudiy, Shohidiy, Qudratilla, Mu’in, Badriy, Qodiriy, Avloniy, Zafariy, Cho’lpon, Fitrat, Xurshid, Uygʻur va boshqalar gʻoyaviy, falsafiy, estetik qarashlari katta ta’sir etgan”.[3] – deb yozadi M.Umarov oʻzining “M.Uygʻur estetikasi” kitobida.
Darhaqiqat, yaqin о‘tgan XX asrning 40-50 yillarini olaylik, О‘zbek teatri nafaqat teatr sifatida shakillanib о‘z muxlislariga ega bо‘lgan edi, balki teatr san’ati toʻgʻrisida kitoblar paydo boʻlib, shu manbalardan ruhlanib oʻzbek teatrida ham M.Uygʻur , Y.Bobojonov, T. Xoʻjayev, Sh.Abbosov kabi san’at dargʻalari yetishib chiqdi. Bu rivojlanish asosida oʻzbek tanqidchilik yoʻnalishi rivojiga T.Tursunov, F.Joʻrayevlar hissa qoʻshdi. О‘zbekistonda teatr san’ati fan sifatida ham shakllangan edi. Shu davrda ijod qilgan ustoz san’atkorlarimiz, dramaturglarimiz, bastakorlarimiz va kо‘plab ijodkorlarimizning hissalari beqiyos.
Jadid bobolarimizning asriy orzulari ushalib, bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonda san’at va madaniyat sohasiga qaratilayotgan e’tibor sezilarli darajada. Davlatimiz rahbari har ma’ruzalarida “manaviyatli insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi” – deb ta’kidlaydilar. So’ngi yillarda san’at va madaniyat sohasidagi islohotlarning oʻsish darajasi jadal avj olmoqda. Bunga yorqin misol, birgina, Oʻzbekistonda yashovchi muayyan bir millat vakillarining milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi Milliy-madaniy markazlarini olaylik. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarini respublika ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida faol ishtirok etishini taʼminlash milliy-madaniy markazlar faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biridir.
Konstitutsiyamizda “Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalarini hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”, deb taʼkidlangan. Bu borada hayotimizda koʻplab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun 130 dan ortiq markazlar mavjud boʻlib turibdi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning oʻz ona tilida oʻqishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, maktablar va oliy oʻquv yurtlari bunga amal qilayotgani, koʻplab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir. Milliy-madaniy markazlar turli jamiyat, xalq, millatlar oʻrtasida har tomonlama hamkorlik maʼnaviyatini shakllantirish, xalqlarning oʻzaro ishonch va hurmatini oshirish maqsadlariga xizmat qiladi. Shu jihatdan ular tomonidan olib boriladigan ishlar koʻproq madaniy va maʼnaviy yoʻnalishda boʻlib, bu jahon xalqlari, turli madaniyatlar integratsiyasida muhim omillardan biri boʻlib hisoblanadi.
Full Name (In Capital Letters) | Akbaraliyev Shohruhbek Rahmat o'g'li |
---|---|
akbaraliyevshohrux@gmail.com | |
Kurum / University / Affiliated Institution | Andijon davlat universiteti |
Akademik Ünvan/ Academic Title | Other |
Country | Узбекистан |
Telefon / Phone Number | +998932550755 |
Katılım Tipi /Participation Types | Yüz Yüze/ Face to Face |
Sunum Dili /What Will Be The Presentation Language? | Uzbek |
Where Do You Want to Publish the Full Text? | To be published in the full text booklet |