Description
Maqolada talabalarda metodik kompetensiyalarni shakllantirishda o’rganish texnikasini o’rni haqida fikr yuritiladi.Aqliy operatsiyalar bilan bog’liq kognitiv motivlar, muammoli o‘rganish strategiyasi, yarim ochiq muammolar, yopiq muammolar, ochiq muammolar,abstract myammolar, ustuvor muammolar kabi tushunchalarga atroflicha to’xtalib o’tilgan.
Talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishda o’rganish strategiyalarini, texnikalarini o’ziga xos o’rni bor. Didaktik jarayonda bularni hisobga olish, talaba qiziqishiga asosan texnikalarni to’g’ri tanlab jarayonga joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
O’rganish motivlari ichida kognitiv motivlar alohida ahamiyat kasb etadi. Talabalarda kognitiv motivlarni shakllantirish uchun quyidagilar muhim hisoblanadi:
• talabalar kasbiy-pedagogik faoliyati jarayonida shug‘ullanadigan vazifalar, kasbiy yo‘naltirilgan materialni tanlash va ularning bilish faoliyatini tashkil etishning kasbiy yo‘naltirilgan usullarini tanlash;
• bajarilayotgan vazifaning optimal murakkabligi (til materiali va muammoni qo‘yish nuqtai nazaridan), bu talabaga o‘quv jarayonidan muvaffaqiyat va qoniqish quvonchini his qilish imkonini beradi;
• talabalarni o‘qishga tayyorgarligining turli darajalari bilan belgilanadigan muntazam individual ish tashkil etish;
• o’quv materiallarini tushunish va idrok qilishini osonlashtirish uchun materialni vizual va tushunarli tarzda taqdim etish;
• o‘quv faoliyatining ijodiy xarakteri va uning boshqa fanlarni o‘rganish jarayonida qo‘yiladigan aniq o‘quv vazifalarini hal etishga yo‘naltirilganligi.
O’rganish strategiyasi va texnikasi vositasida talabalarda metodik kompetentlikni rivojlantirishni quyidagi misollar orqali izohlanib o’tiladi. Muammoli o‘rganish strategiyasi – o’rganish, ijtimoiy-axloqiy sohalarga oid muammolar, vaziyatlarni kelib chiqish sabablari va oqibatlarini tahlil qilish, vaziyatning “ko‘rinadigan” va “ko‘rinmas” jihatlarini hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, bu strategiya qo‘llanilganda talabalar mustaqil fikr yuritishni, muammoning kelib chiqish sabablarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar.
O’rganish strategiyalari ichida muammoli o’rganish muhim ahamiyatga ega. Muammoli o’rganish strategiyasi – talabalarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Muammo sifatida tanlab olingan “muammoli vaziyat” murakkabligi talabalarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari, aks holda yechimni topa olmagach, talabalarning qiziqishlapi so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari yo‘qolishiga olib keladi. Muammoli o’rganish strategiyasi qo‘llanilganda talabalar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar. Eng muhimi o‘quv mashg‘ulotlarining nafaqat axborot berish, balki rivojlantirish xapakteriga ega bo‘lishlariga e’tiborni qapatish lozim. Shuningdek, muhokama qilinayotgan masala, muammo, o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalarning mustaqil fikr bildirishlariga imkon bersh, nima bo‘lganda ham ularni o‘ylashga, fikrlashga undash shaxsga yo‘natirilgan ta’limga xos muhim belgilardan biri sanaladi.
Full Name (In Capital Letters) | Negmatova Aropat Muxtarovna |
---|---|
arofathonnegmatova@gmail.com | |
Kurum / University / Affiliated Institution | Andijon davlat pedagogika instituti |
Akademik Ünvan/ Academic Title | Assoc. Dr. |
Country | Узбекистан |
Telefon / Phone Number | +998932562279 |
Katılım Tipi /Participation Types | Yüz Yüze/ Face to Face |
Sunum Dili /What Will Be The Presentation Language? | Uzbek |
Where Do You Want to Publish the Full Text? | To be published in the full text booklet |