Description
Ushbu maqola tadqiq etilayorgan somatik kodning konseptuallashuvida “Foot/oyoq” konsepti verbalizatorlarining funksional-stilistik jihatlarini tasvirlash va tahlil qilishni maqsad qiladi. Konsept verbalizatorlari turli nutqiy sharoit va vaziyatlarda , til va nutq birligi sifatida turli ijtimoiy kontekstlarda turlicha vazifalarni bajarishi va unga xoslanganligini aniqlashni maqsad qiladi. Bu birliklar muloqot, fikr almashinuv, axborotini shakllantirish va yetkazish, yetkazilgan axborotga fikr, harakat yoki holatlarini qo‘zg‘atish va nihoyat nutqni hissiy va obrazli qabul qilishga yo‘naltirilgan estetik vazifalarni bajaradilar. Lekin, qiyoslanayotgan tillardagi izohli va soha lug‘atlari hamda aksariyat tadqiqot ishlarida mazkur konsept verbalizatorlarining funksional-stilistik jihatlari e’tibordan chetda qolganligini kuzatish mumkin.
Tadqiqotning maqsadi “Foot/oyoq” konsepti verbalizatorlarining turli dikurslarda voqelanishini va shuningdek ularni har ikkala til nutqining turli funksional uslublarida olamining inglizcha va o‘zbekcha lisoniy manzarasini yaratishdagi tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
Tadqiqot metodi sifatida funksional-stilistik tahlil metodi, badiiy matn tahlili metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqot materili sifatida ingliz va o‘zbek tilining nufuzli izohli lug‘atlari, ensiklopediyalar, frazeologik va idiomatik lug‘atlar, internet bloglari, atamalar lug‘atlaridan foydalanildi. Qolaversa, “foot/oyoq’ konsepti lisoniy birliklarining badiiy uslubdagi o‘rnini ko‘rsatib berishda o‘zbek klassik shoirlari Mir Alisher Navoyi , Zaxiriddin Muxammad Bobur, ingliz adiblari Charles Dickens, Dan Brown, Tillie Cole, o‘zbek adiblari Mirzakalon Ismoiliy, Said Ahmad, O‘tkir Xoshimov, shoir Abdulla Oripovlarning asarlariga murojaat qilindi. Ushbu konseptning turli inliz tili diskurslarida namoyon bo‘lishini aniqlashda English CORPORA corpusidan foydalanildi.
Full Name (In Capital Letters) | Mamadaliyeva Gulro' Ravshanovna |
---|---|
guli.ravshanovna@gmail.com | |
Kurum / University / Affiliated Institution | Fergana State University |
Akademik Ünvan/ Academic Title | Other |
Country | Узбекистан |
Telefon / Phone Number | +998996496373 |
Katılım Tipi /Participation Types | Yüz Yüze/ Face to Face |
Sunum Dili /What Will Be The Presentation Language? | English |
Where Do You Want to Publish the Full Text? | To be published in the full text booklet |