18–20 Sept 2024
Europe/Istanbul timezone
Accepting Abstracts

congresses

DIN-DAVLAT BETARAFLIGI

Not scheduled
20m

Description

Muallif o’z maqolasida mavzuga oid ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda, manbalar asosida din va davlat munosabatlari (sekulyarizm) to'g'risida to'xtalib o'tgan. Dunyoviylik, yoki sekulyarizm – bu siyosiy hokimiyat va ma’muriy boshqaruvni tashkil qilishdagi tamoyil bo‘lib, uning tarixiy ildizlari tolerantlik-bag‘rikenglikka borib taqaladi. Ijtimoiy tinchlikni ta’minlash maqsadida, huquqiy-demokratik davlatlar ikkita asosiy vazifani bir vaqtda ta’minlash mas’uliyatini olishadi: har bir shaxsga vijdon va din erkinligini kafolatlash va ayni paytda, hammaning tengligini ta’minlash yoritilgan. Yangi O’zbekistonda diniy erkinlik masalalari, vijdon erkinligi to‘g’risidagi qonunlar o’zgartirilish kiritilganligi yoritib berilgan. Yangi O’zbekistonda eski odatlarga ko‘ra uzoq yillik, muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarnin ozodlik masalalari vijdon erknligi masalalarida yoritilgan, Shuningdek, O'zbekiston hamda, Amerika Germaniya kabi mamlakatlardagi sekulyarizm holati haqida yoritib bergan. Shuningdek ko’plab adabiyotlardan foydalangan holda siyosatshunos olimlarning fikrlari o’rganib chiqilgan. Dunyoviy davlat o‘z vazifalarini amalga oshirishda, odatda katta qiyinchiliklarga duch keladi, ularning asosiylarini quyidagicha ifodalash mumkin: vazifalar amalga oshirilishi juda dolzarbdir, shunda ularni davlat siyosatida amalga oshirish jarayonida na ateizm, na klerikalizm tomon burilish bo‘lmaydi. Haqiqat shundaki, dunyoviy davlatni ateistik davlat sifatida qabul qilish hali ham mavjud. Qandaydir tarzda “dunyoviy” so’zi “dinni rad etish” degan ma’noni anglatmaydi. “Dunyoviy” - bu kengroq tushuncha bo’lib: iymonlilar va iymonsizlarni tushunadigan va har qanday din fuqarolari, shu jumladan ateistik qarashlarga ega bo‘lganlar uchun teng darajada qulay sharoit yaratadigan davlat. Dunyoviy davlatlarda davlat va cherkov o‘zaro neytral bo‘lishi kerak va bu betaraflik ijobiydir. Davlat mafkuraviy jihatdan neytral bo’lib, dinlarning hech birini davlat darajasiga ko’tarmaydi ham, ateistik tashviqot ham olib bormaydi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vijdon erkinli va diniy tashkilotlar to‘g’risidgi qonun moddalari keltirib o‘tildi. Shu qatorda II-bob 4-modda. Vijdon erkinligini ta’minlash. “Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir”. Va boshqa qonunchilikdagi din va davlat munosabatlariga to‘xtalib o’tilgan.

Full Name (In Capital Letters) ABDULLAYEVA MADINAXON ERKINJON QIZI
E-mail madinaxonabdullayeva61@gmail.com
Kurum / University / Affiliated Institution ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Akademik Ünvan/ Academic Title Other
Country Uzbekistan
Telefon / Phone Number +998979933525
Katılım Tipi /Participation Types Yüz Yüze/ Face to Face
Sunum Dili /What Will Be The Presentation Language? Uzbek
Where Do You Want to Publish the Full Text? In order to publish it as an article, I will organize it according to the format of the journals that support the congress and send it to one of those journals.

Primary author

Abdullayeva Madinaxon (Andijon Davlat Universiteti)

Presentation materials

There are no materials yet.