Description
Ushbu maqolada jahon va zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida badiiy modifikatsiya hodisasining o‘rganilish usullari, bunga doir nazariy xulosalarni umumlashtirish, shu asosda o‘zbek romanchiligida modifikatsion jarayonlarning mavjudligi estetik ehtiyoj ekanligini ko‘rsatib berish.Isajon Sulton romanlarida badiiy modifikatsiyani yuzaga keltirgan milliy folklor, mumtoz adabiyot va jahon adabiyotiga xos poetik omillari ko‘rsatilgan. “Boqiy darbadar” romanida syujet, kompozitsion modifikatsiyaning voqe bo‘lishida adabiy ta’sir hamda postmodernistik tamoyillarning umumiy va xususiy ta’siri masalalarini ochib berilgan. Romandagi jamiyat ruhiyati personajlar psixologiyasining umumiyati hisoblanib, unga ijodkor psixologiyasi ham qo‘shilib yaxlit psixologik tizim shakllanadi. Yozuvchi badiiylikning turli ko‘rinishlari yordamida asarga ishlov berar ekan, asarda yuz berayotgan voqealar, inson va uning ichki olami, voqelik va tabiat bilan bog‘liq tasvirlar, asarning kompozitsion qurilishidagi o‘ziga xoslik, shakl va mazmun uyg‘unligi bir butunlik kasb etadi. Shu tarzda tipiklashtirish orqali jamiyatga munosabat bildiriladi va unga baho beriladi. Badiiy adabiyot tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida bir xil vazifani bajarib kelgan. U har qanday ijtimoiy-siyosiy tuzum, har bir jug‘rofiy hududda o‘sha xalqning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilgan. Kishilardagi eng oliy umumbashariy qadriyatlar erk, adolat, odob-axloq, mehr-oqibat, darddoshlik, ma’rifatparvarlikni yoqlab, zulm, haqsizlik, jaholat va insonlik sha’niga nomunosib ochko‘zlik, zulm-zo‘ravonlik, xiyonat, qo‘rqoqlik, yolg‘on, kibr, maqtanchoqlikni qoralagan. Davr va jamiyat a’zolarining orzu-intilishlarini o‘zida aks ettirgan badiiy adabiyot zamon bilan hamnafas o‘z-o‘zini isloh qilib kelgan. Xalqning ruhiy, ma’naviy talabini qondirishni o‘z oldiga maqsad qilgan badiiy adabiyot hayotni obrazli ifodalaganligi tufayli insonlar qalbiga yaqin. Shuning uchun ham xalqning ko‘ngliga tez yo‘l olgan. Inson faoliyat yuritar ekan, jamiyat bilan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, estetik, ma’naviy-axloqiy munosabatga kirishishga majbur. Inson yakka holda jamiyatdagi mavjud munosabatlarni o‘zgartira olmaydi, biroq u shaxs maqomiga ko‘tarila olgan bo‘lsa, jamiyat o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi.
Full Name (In Capital Letters) | Qurbonova Feruza Ilhomovna |
---|---|
feruzaq87@gmail.com | |
Kurum / University / Affiliated Institution | Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti |
Akademik Ünvan/ Academic Title | Assoc. Dr. |
Country | Uzbekistan |
Telefon / Phone Number | +998914629056 |
Katılım Tipi /Participation Types | Çevrimiçi /Online |
Sunum Dili /What Will Be The Presentation Language? | Uzbek |
Where Do You Want to Publish the Full Text? | To be published in the full text booklet |