18–20 Sept 2024
Europe/Istanbul timezone
Accepting Abstracts

congresses

O'zbek va ingliz tillarida "ijtimoiy tarmoq" semantik maydoni voqealantiruvchi lisoniy birliklar

Not scheduled
20m

Description

UDK: 811.161.1.344
OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDA “IJTIMOIY TARMOQ” SEMANTIK MAYDONINI VOQELANTIRUVCHI LISONIY BIRLIKLAR
Naimjonova Irodaxon Ma’rufjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
iorifjonova12@gmail.com. +998900561198
https://orcid.org/0009-0006-4121-9043
Annotatsiya: Ijtimoiy tarmoq – Ommaviy axborot vositalari tarkibiga kiruvchi element. Ijtimoiy tarmoq vositalari bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi desak adashmagan bo‘lamiz. Sababi hozirgi davrda barcha yoshdagi insonlar kunining ko‘p qismida ijtimoiy tarmoqdan foydalanayotganining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Eng keng tarqalgan ijtimoiy tarmoq platformalaridan Facebook, Telegram va Instagram larni misol qilishimiz mumkin. Bunday vositalardan turli maqsadlarda foydalaniladi, ko‘proq muloqot qilish uchun hamda yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun qo‘llaniladi. Ular butun dunyo xalqlari, elatlari va millatlari o‘rtasida aloqa almashinish uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlar insonlarga g‘oya va qiziqishlar almashish, yangi do‘stlar orttirish qulayliklarini taqdim etadi. Umumlashtirib aytganda, ijtimoiy tarmoqni muloqotning yangi davri deb atashimiz mumkin.
Аннотация: Социальная сеть является элементом средства массовой информации. Можно с уверенностью сказать, что инструменты социальных сетей сегодня стали неотъемлемой частью нашей жизни. Причина в том, что сегодня люди всех возрастов большую часть дня используют социальные сети. Примерами наиболее распространенных платформ социальных сетей являются Facebook, Telegram и Instagram. Такие инструменты используются для различных целей, их используют, чтобы больше общаться и быть в курсе новостей. Они служат для обмена общением между народами и народностями всего мира. Социальные сети позволяют людям делиться идеями и интересами, а также заводить новых друзей. В целом, социальные сети можно назвать новой эрой общения.
Abstract: Social network is an element of mass media. It would be true to say that social networking tools have become an integral part of our lives today. The reason is that nowadays people of all ages use social networks for most of the day. Examples of the most common social network platforms are Facebook, Telegram and Instagram. Such tools are used for various purposes, they are used to communicate more and to keep up with the news. They serve to exchange communication among peoples and nationalities of the whole world. Social networks allow people to share ideas and interests, and make new friends. In general, we can call the social network as a new era of communication.
Kalit so‘z: ijtimoiy tarmoq, Facebook, Instagram, lisoniy birlik, semantik maydon, Reels.
Ключевые слова: социальная сеть, Facebook, Instagram , языковая единица, семантическое поле, Reels.
Key word: social network, Facebook, Instagram, linguistic unit, semantic field, Reels.

Ijtimoiy tarmoq – Ommaviy axborot vositalari tarkibiga kiruvchi element. Ijtimoiy tarmoq vositalari bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi desak adashmagan bo‘lamiz. Sababi hozirgi davrda barcha yoshdagi insonlar kunining ko‘p qismida ijtimoiy tarmoqdan foydalanayotganining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Eng keng tarqalgan ijtimoiy tarmoq platformalaridan Facebook, Telegram va Instagram larni misol qilishimiz mumkin. Bunday vositalardan turli maqsadlarda foydalaniladi, ko‘proq muloqot qilish uchun hamda yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun qo‘llaniladi. Ular butun dunyo xalqlari, elatlari va millatlari o‘rtasida aloqa almashinish uchun xizmat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlar insonlarga g‘oya va qiziqishlar almashish, yangi do‘stlar orttirish qulayliklarini taqdim etadi. Umumlashtirib aytganda, ijtimoiy tarmoqni muloqotning yangi davri deb atashimiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar bugungi davrda texnologiyaning rivojlanishi oqibatida rivojlanib ketdi. Ya’ni raqamli texnologiyalar, jumladan, telefonlar, kompyuterlar, smart uskunalar ta’sirida ijtimoiy tarmoq saytlari takomillashib, mashhurlikka erishdi. Ijtimoiy tarmoq saytlariga Facebook, Instagram, Telegram, Twitter kabilarni kiritishimiz mumkin. T.Gok[1;85] shuni e’tirof etadiki, Facebook foydalanuvchilari soni 500 milliondan oshadi va boshqa ijtimoiy tarmoq saytlarining ko‘p a’zolari, ularning aksariyati taxminan 250 milliontasi, har kuni kamida bir marta Facebook saytiga tashrif buyuradi. Demak, hozirda ko‘p davlatlarda Facebook foydalanuvchisi ko‘p hisoblangan ijtimoiy tarmoq vositasidir.
Ijtimoiy tarmoq ingliz tilida “social network” deb ataladi. Ijtimoiy tarmoq (social network) - bu odamlarga umumiy platformada bir-birlari bilan bog‘lanish imkonini beruvchi veb-sayt yoki dastur. Foydalanuvchilar ma’lumot almashishlari, fikr bildirishlari, o‘zaro manfaatlarni o‘rganishlari, ish qidirishlari, o‘z bizneslarini ilgari surishlari, munosabatlarni o‘rnatishlari va boshqa yo‘llar bilan bir-birlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lishlari mumkin. Ijtimoiy tarmoqda ishtirok etuvchilar ko‘pincha fotosuratlar, videolar, ovozli kliplar, hujjatlar, yangiliklar, marketing materiallari yoki boshqa manbalarga havolalar kabi keng ko‘lamli ma’lumot va kontentni almashadilar.[3]
O‘zbekistonda turli yoshdagilar uchun qulay muloqot qilish vositasi Telegram hisoblanadi. Bunga bir necha sabablar mavjud:
Qulayligi: telegramdan foydalanish juda oson va qulay. U rasm yuborish, xabar yozish, muloqot qilish, do‘stlar orttirish qulay yo‘ldir;
Hamyonbopligi: telegram o‘rnatish ham, undan foydalanish ham barchaga mos tushadi, ya’ni muloqot qilish kishidan ko‘p mablag‘ talab qilmaydi;
Axborot yetkazish usullari xilma-xilligi: muloqot qilish usullari turlicha, ya’ni ovozli xabar, matnli, videoli suhbatlashish turlari mavjud.
Semantik maydon tilshunoslikda mavjud atama hisoblanib, tilshunoslikda ushbu atama umumiy ma’no asosida birlashib, o‘zaro munosabatga kirishadigan vositalar sistemasiga nisbatan qo‘llaniladi. Semantik maydonga kiruvchi so‘zlar o‘rtasida ma’lum darajada umumiylik yoki o‘xshashlik mavjud bo‘ladi. Z.H.Haydarov[2;64] semantik maydon to‘g‘risida shunday fikrlarni ilgari suradi: “Agar bir semantik guruhga yoki semantik maydonga yig‘ilsa, albatta, u so‘zlar o‘rtasida umumiylik bo‘ladi, agarda ular orasida hech qanday o‘xshashlik, umumiylik kuzatilmasa, demak, ular bir semantik maydonga tegishli so‘zlar emasdir”.
Yuqoridagi so‘zlarning dalili sifatida tadqiqotchi o‘z ilmiy ishida quyidagi misollarni keltirib o‘tadi: “Angel, satan so‘zlari bir guruh ostida joylashgan. Ularning o‘xshashligi yoki mavjud umumiyligi ularning “oliy mavjudot ekanligi”, “insondan ustun turishligi”, “ko‘zga ko‘rinmasligi lekin mavjudligi” va boshqa xususiyatlaridir. Farqli tomonlari esa “ijobiy oliy mavjudotligi” (angel), “salbiy oliy mavjudotligi” (satan), ularning vazifa xususiyatlari ham farqli, ya’ni “to‘g‘ri, yaxshi yo‘lga boshlovchi” (angel), qing‘ir, egri yo‘lga boshlovchi” (satan)ligidir”.[2;63] Bundan shuni tushunishimiz mumkinki, lisoniy birliklar semantik maydonga kirishi uchun umumiy jihatlari mavjud bo‘lishi shart, lekin nafaqat o‘xshash tomonlari mavjud bo‘ladi, bir-biriga zid bo‘lgan tomonlari ham mavjud bo‘lishi mumkin.
Tilshunoslikda til va nutq o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Buni quyidagicha tushunishimiz mumkin: agar til birliklari fonema, morfema hamda leksemadan iborat bo‘lsa, nutq birliklari tovush, harf, so‘z, gap va so‘z birikmasi, matndan iboratdir. Nutq jarayonida turli tovushlardan foydalanamiz, ulardan so‘z va gaplar hosil qilamiz, ana shu so‘zlarimiz tarkibida fonema yoki morfemalar mavjud bo‘ladi. Nutq jarayonida til birliklarini ijro etishimiz lisoniy birliklarni yuzaga keltiradi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, lisoniy deganda tilga oid, tilga tegishli deb tushunamiz. Maydon esa umumiy semaga ega bo‘lgan til birliklarining yig‘indisi bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoq saytlarida uchragan ba’zi keng qo‘llaniluvchi lisoniy birliklarni keltirib o‘tamiz:
Internetda suzmoq – ushbu ibora internetdan juda ko‘p miqdorda foydalanuvchilarga nisbatan qo‘llaniladi. “Suzmoq” fe’li ko‘p ma’noli so‘z bo‘lib, ushbu o‘rinda o‘z ma’nosida qo‘llanilgani yo‘q, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanilyapti. Ingliz tilida ushbu leksik birlik “surf the Net/Internet” shaklida keladi. Ya’ni: “to look quickly through information on the Internet for anything that interests you” – sizni qiziqtirgan har qanday narsa uchun Internetda tezlik bilan axborot qidirmoq ma’nosida qo‘llaniladi.[4]
Reels – ingliz tilidagi so‘z bo‘lib, “g‘altaklar, iplar” degan ma’noni anglatadi. Bunday deyilishiga sabab videolarning har kuni har safar Instagramga kirgan paytda videolarning g‘altakdek aylanib, o‘zgarib turishida bo‘lishi mumkin. Instagram ijtimoiy tarmoq saytida mavjud bo‘lgan, yangi funksiya hisoblanadi va videolar olishga yordam beradi. Reels ning asosiy vazifasi Instagramdagi bir insonning videolarini bepulga boshqa bir insonga ko‘rsatib bera oladi. Bu bepulga reklama qilishga ham mos keladi. Hozirda ko‘plab kompaniyalar, do‘konlar o‘zlarining tovarlarini reels orqali mashhurlikka ko‘tarmoqda. Reels da, asosan, qisqa videolar qo‘yiladi. Bu leksik birlik ingliz tilidagi variantida aynan “reels qo‘ydik yoki reels joyladim” shaklida qo‘llaniladi. Hozirda Facebook platformasida ham Reels o‘rnatilib, butun dunyodagi qiziqarli bo‘lgan qisqa videolar joylanmoqda.
Like(likes) – yoqtirgan video, rasmlarga “like qo‘yish”. Bu ham ingliz tilidagi so‘z bo‘lib, “yoqtirmoq” degan ma’noni anglatadi. Bu qo‘ldagi bosh barmoqni ko‘tarib turish belgisi shaklida ifodalanadi. Instagram, Facebook, hatto Telegram ilovalarida mavjud belgi. O‘zbek tilida uni qo‘llaganda ham “like qo‘ydingmi, like lar soni shuncha bo‘libdi, like bosdim” kabi iboralar va gaplar bilan ifodalanadi. Ingliz tilidagi bu so‘z ijtimoiy tarmoqlarga shundayligicha kirib kelgan.
Podpiska tashlamoq – ijtimoiy tarmoqlar fodyalanuvchilari orasida tanish bo‘lgan, ko‘p uchraydigan yana bir ibora. “Tashlamoq” fe’li o‘z ma’nosida qo‘llanilgani yo‘q, bu yerda “a’zo bo‘lish” ma’nosida qo‘llanilmoqda. Lekin o‘zbek tilida ham “podpiska tashladim, podpiska tashlaganlar soni” kabi yuritiladi.
Story qo‘ymoq – ijtimoiy tarmoqlar, asosan, Instagram va Facebook ilovalariga video yoki rasmlar joylansa, ushbu birikma orqali ifodalanadi. “Story” inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tiliga “hikoya” deb tarjima qilinadi. Ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida “hikoya joyladim” emas, balki “story joyladim, story qo‘ydim” kabi qo‘llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
The effects of social networking sites on students’ studying and habits. International journal of research in education and science (IJRES). Volume 2. Issue 1. ISSN: 2148-9955. 2016. P. 85.
Haydarov Z.H. Diniy-ilohiy tushunchalar semantik maydonining funksional-semantik tadqiqi. Dissertatsiya. T., 2016. – B. 63-64.
https://www.techtarget.com/searchcio/definition/social-network
https://www.ldoceonline.com/dictionary/surf-the-net-internet#google_vignette

Full Name (In Capital Letters) Iroda Naimjonova Ma'rufjon qizi
E-mail iorifjonova12@gmail.com
Kurum / University / Affiliated Institution Fergana state university
Akademik Ünvan/ Academic Title Other
Country Uzbekistan
Telefon / Phone Number +998900561198
Katılım Tipi /Participation Types Çevrimiçi /Online
Sunum Dili /What Will Be The Presentation Language? Uzbek
Where Do You Want to Publish the Full Text? In order to publish it as an article, I will organize it according to the format of the journals that support the congress and send it to one of those journals.

Primary author

Presentation materials

There are no materials yet.