Description
Jamoatchilik nazorati masalalari qadim-qadimdan faylasuf va siyosatshunos olimlarni qiziqtirib kelgan dolzarb mavzulardan biridir. Vatanimiz tarixi haqidagi eng qadimiy manba bo‘lgan Avestoda ham davlat boshqaruvida jamoatchilikning faolligi masalalari tilga olib o‘tilgan: “Har bir odamning fe’l-atvori, xatti-harakati, butun faoliyati jamoatchilik nazorati ostida bo‘lib, ularning musbat va manfiy jihatlarini belgilash mezoni – Ilohiy va Odil nizomlar asosida bo‘lgan”[1]. Mazkur fikrlardan ma’lum bo‘lyaptiki, azal-azaldan jamiyat a’zolari bir-birini nazorat qilib kelishgan va bu nazoratda adolat tamoyili buzilmasligi uchun maxsus qonunlar ishlab chiqilgan. Chunki qonun bilan belgilanmagan nazorat boshboshdoqlikni keltirib chiqaradi.
Keyinchalik yunon-rim manbalarida ham jamoatchilik nazorati o‘sha vaqtdagi davlatchilikning markaziy tushunchalari sifatida qayd etiladi. Ayniqsa, rimlik faylasuflarning asarlarida jamoatchilik nazorati bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar umumlashtirilib, “fuqarolik jamiyati” sifatida e’tirof etila boshlaydi[2]. Jamoatchilik nazorati davlat va jamiyat o‘rtasidagi shartnomani monitoring qilib turadigan institut sifatida qaralgan bo‘lsa ham, bu boradagi konsepsiyalar keyinchalik ishlab chiqilgan. Jumladan, Jan Jak Russo fuqarolarning ma’lum bir kunga belgilangan va doimo bo‘lib turadigan yig‘ilishlari ijtimoiy shartnomaning muhim elementi ekanligiga e’tibor qaratgan[3]. Mahalla fuqarolar yig‘ini jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning muhim bo‘g‘ini sifatida klassik nazariyalarda qayd etilgan g‘oyalarning amaldagi ifodasi bo‘la oladi. Chunki mahalladagi muhokamalar va uning ishtirokchilari ko‘p jihatdan muammoni hal qilishga chin dildan intiladigan va ijtimoiy-madaniy jihatdan bir qatlamga mansub insonlar tashkil qiladi.
Sharq xalqlari siyosiy hayotida juda katta o‘rin tutgan Nizomulmulk va uning “Siyosatnoma” asarida ham hokimiyat va xalq o‘rtasidagi munosabatni mustahkamlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni alohida ekaniga urg‘u beradi: “Podshoh haftada ikki kun zulm ko‘rganlarni qabul qilib, zolimlarning dodini berib, jazolab va raiyat so‘zlarini bevosita eshitib borishlari kerak. Muhim bo‘lgan arizalarni qabul qilib, har biriga javob berishi lozim. Agarda “podshoh dodxohlarni oldiga chaqirib, haftada ikki marotaba ularning so‘zlarini eshitadi va zolimlarni jazosini beradi”, degan xabar tarqalsa, unda zolimlar qilmishlarining oqibatini o‘ylab, qo‘rqib bedodlik qilmaydilar”[4]. Jamoatchilikning eng muhim elementi xalq tomonidan bildirilgan e’tiroz va takliflarga hokimiyatning munosabatidir. Jamoatchilik nazorati samaradorligi va masalaning hal etilishi to‘liq hokimiyat resurslari bilan bog‘liqdir. Shunday ekan turli ijtimoiy qatlamlarning tashabbuslarini hokimiyat idoralari qo‘llab-quvvatlashlari zarur. Ayniqsa, bu jarayon oliy rahbarlar tomonidan amalga oshirilsa, hokimiyatga bo‘lgan ishonch ortishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan qator ijobiy ishlar ichida, tariximizning turli davrlaridagi yutuq va kamchiliklar, g‘alabalar va mag‘lubiyatlarga ob’yektiv munosabatda bo‘lish imkoniyati salmoqli o‘rin tutadi. Shu sababli jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda sobiq Ittifoqda qo‘llanilgan tajribalarni ham tahlil qilish, ularning ijobiy tomonlarini kelgusida amaliyotda qo‘llash bo‘yicha izlanishlarni amalga oshirishni foydadan holi bo‘lmaydi, deb hisobladik.
Full Name (In Capital Letters) | Yunusova Manzuraxon Pazliddinovna |
---|---|
mohinurxoshimjonova50@gmail.com | |
Kurum / University / Affiliated Institution | Andijon davlat universiteti |
Akademik Ünvan/ Academic Title | Dr. |
Country | Узбекистан |
Telefon / Phone Number | +998905263330 |
Katılım Tipi /Participation Types | Yüz Yüze/ Face to Face |
Sunum Dili /What Will Be The Presentation Language? | Uzbek |
Where Do You Want to Publish the Full Text? | In order to publish it as an article, I will organize it according to the format of the journals that support the congress and send it to one of those journals. |