Description
Maqolada Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda (islomiy) diniy tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlash masalalari yoritiladi. Sobiq Ittifoq davrida 1990 yilga qadar O‘zbekistonda 2 ta islomiy ta’lim muassasasi, 80 ta masjid faoliyat ko‘rsatgan. Mustaqillikni dastlabki yillarida din va davlat munosabatlarini tartibga solish, diniy tashkilotlarni davlatdan ajratish, mustaqil faoliyat olib borilishiga katta e’tibor qaratildi. Diniy tashkilotlar faoliyati va ularni kadrlar bilan ta’minlashning huquqiy jihatlariga e’tibor qaratildi. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va undagi o‘zgarishlar asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan. Mustaqillikni ilk yillarida madrasalarning ochilishi, ularning kadrlar tayyorlash ishiga alohida e’tibor qaratildi. Respublikada faoliyat olib borayotgan islomiy diniy tashkilotlar tizimidagi o‘zgarishlar, imom-xatiblarni malakasini oshirishga doir jihatlar quyidagicha davrlarga bo‘lib o‘ргanildi. Birinchi davr; 1991-1999 yillar, ikkinchi davr; 2000-2016 yillar va uchinchi davr; 2017-2021 yillar. Mazkur yillarda din va davlat munosabatlari, diniy tashkilotlarning faoliyati yillar kesimida ko‘rib chiqiladi. Birinchi davrda huquqiy asos yaratilishiga alohida e’tibor qaratilsa, ikkinchi davrda zamonaviy masjidlarni qurilishi, madrasalardagi o‘qitish tizimi masalalariga urg‘u berildi. Uchinchi davrda esa radikalizmning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashib kelayotgan O‘zbekistonda islom svilizatsiyasini qaror toptirish, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qiluvchi din xodimlarini o‘qitish, ularni malakasini oshirishga qaratilgan konsepsiya ishlab chiqildi. Ushbu maqsadlar ortida sohadagi muammolar bartaraf etildi.
Full Name (In Capital Letters) | Yususfbek YJ Jahongirov |
---|---|
yusufxonjahongirov@gmail.com | |
Kurum / University / Affiliated Institution | Andijan state university |
Akademik Ünvan/ Academic Title | Assoc. Dr. |
Country | Узбекистан |
Telefon / Phone Number | +998994931702 |
Katılım Tipi /Participation Types | Yüz Yüze/ Face to Face |
Sunum Dili /What Will Be The Presentation Language? | Uzbek |
Where Do You Want to Publish the Full Text? | In order to publish it as an article, I will organize it according to the format of the journals that support the congress and send it to one of those journals. |